Rules for authors
1. Jurnal maqsadi va qamrovi (Aims & Scope)
“Human Performance and Movement Science in Sport” jurnali inson harakati va sport faoliyatini biomexanika, fiziologiya, neyromexanika, xarakat nazorati, psixomotorika va raqamli texnologiyalar nuqtai nazaridan o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlarni nashr etadi.
Jurnal quyidagi yo‘nalishlardagi ishlarni qabul qiladi:
-
sport biomexanikasi va harakat mexanikasi;
-
harakatni nazorat qilish va o‘rganish;
-
sport fiziologiyasi va yuklama tahlili;
-
sportchilarda moslashuv va individual farqlar;
-
jarohatlar profilaktikasi va harakat xavfsizligi;
-
3D, IMU, AI, VR/AR asosidagi harakat tahlili;
-
sport pedagogikasi va texnik-taktik tayyorgarlik.
2. Maqola turlari
Jurnal quyidagi maqola turlarini qabul qiladi:
-
asl ilmiy tadqiqot maqolalari (Original Research);
-
tizimli sharhlar va meta-tahlillar (Review / Systematic Review);
-
metodik va eksperimental ishlar;
-
qisqa ilmiy xabarlar (Short Communications).
3. Maqolani taqdim etish tartibi
Maqolalar faqat elektron shaklda jurnal veb-sayti orqali topshiriladi. Har bir qo‘lyozma double-blind peer review tizimi asosida ko‘rib chiqiladi.
Bir vaqtning o‘zida bitta maqolani bir nechta jurnallarga topshirish qat’iyan man etiladi.
4. Etika va tadqiqotga ruxsat
Inson ishtirokidagi tadqiqotlar:
-
Xelsinki deklaratsiyasi talablariga mos bo‘lishi;
-
mahalliy yoki institutsional Etika qo‘mitasi (IRB) tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi;
-
ishtirokchilardan xabardor rozilik (informed consent) olingan bo‘lishi shart.
Maqolada etik ruxsat raqami va rozilik haqida aniq ma’lumot berilishi lozim.
5. Mualliflik mezonlari (ICMJE)
Muallif deb quyidagi to‘rt mezonga bir vaqtning o‘zida javob beradigan shaxslar tan olinadi:
-
Tadqiqot kontseptsiyasi yoki dizayniga sezilarli hissa qo‘shgan;
-
Ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish yoki talqin qilishda faol ishtirok etgan;
-
Qo‘lyozmani yozgan yoki muhim ilmiy tahrir kiritgan;
-
Ishning yakuniy variantini ma’qullagan va javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan.
Ushbu mezonlarga javob bermagan shaxslar hammuallif sifatida ko‘rsatilmasligi kerak.
6. Manfaatlar to‘qnashuvi (Conflict of Interest)
Barcha mualliflar maqolada keltirilgan natijalarga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan moliyaviy yoki shaxsiy manfaatlar to‘qnashuvini oshkor qilishlari shart.
Agar manfaatlar to‘qnashuvi mavjud bo‘lmasa, quyidagi jumla keltiriladi:
Mualliflar manfaatlar to‘qnashuvi mavjud emasligini bildiradilar.
7. Ma’lumotlar ochiqligi (Data Availability)
Mualliflar tadqiqot ma’lumotlari:
-
ochiq repozitoriyda joylashtirilganini;
-
yoki asosli so‘rov asosida taqdim etilishini aniq ko‘rsatishlari shart. Jurnal ochiq fan (Open Science) tamoyillarini qo‘llab-quvvatlaydi.
8. Sun’iy intellektdan foydalanish (AI Policy)
Sun’iy intellekt vositalari (ChatGPT, AI-image tools va boshqalar):
-
faqat til va stilistik tahrir uchun ishlatilishi mumkin;
-
tadqiqot natijalari, ma’lumotlar tahlili yoki xulosalar yaratishda muallif o‘rnini bosa olmaydi.
Sun’iy intellektdan (SI) foydalanish alohida bandda ochiq ko‘rsatilishi shart.
9. Plagiat va ilmiy halollik
Barcha maqolalar antiplagiat tizimlari orqali tekshiriladi. Matnning o‘ziga xosligi kamida 75–90% bo‘lishi talab etiladi.
Plagiat, o‘z-o‘zini plagiat qilish, ma’lumotlarni soxtalashtirish - maqolani darhol rad etish uchun asos hisoblanadi.
10. Maqola tuzilishi (IMRAD)
-
Maqola nomi
-
Mualliflar haqida ma’lumot (ORCID bilan)
-
Annotatsiya (100–250 so‘z)
-
Kalit so‘zlar (5–7 ta)
-
Introduction
-
Methods
-
Results
-
Discussion
-
Conclusion / Practical implications
-
References (Vancouver uslubi)
11. Iqtibos keltirish siyosati (Citation Policy)
“Human Performance and Movement Science in Sport” jurnali ilmiy iqtiboslarni rasmiylashtirishda Vancouver citation style’ning moslashtirilgan (adapted) variantini qabul qiladi. Ushbu uslub jurnalning fanlararo yo‘nalishi - sport biomexanikasi, sport fiziologiyasi, harakat fanlari va biomedikal tadqiqotlar - xususiyatlariga to‘liq mos keladi.
Vancouver uslubi tibbiyot, sport tibbiyoti, fiziologiya va biomexanika sohalarida xalqaro standart hisoblanadi hamda Scopus, Web of Science va PubMed kabi yirik ilmiy ma’lumotlar bazalari tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanadi. Raqamli ketma-ket iqtiboslash tizimi ilmiy matnning o‘qiluvchanligini oshiradi, havolalarni aniq identifikatsiya qilish imkonini beradi va ma’lumotlarni avtomatik indekslash jarayonini yengillashtiradi.
Jurnal Vancouver uslubining moslashtirilgan variantidan foydalanadi, bu sport fanlariga xos manbalar - konferensiya materiallari, texnik hisobotlar, metodik hujjatlar, raqamli texnologiyalar va sensor tizimlari bo‘yicha nashrlar - bilan ishlash imkonini beradi. Shu bilan birga, iqtiboslar xalqaro standartlashtirilgan formatdan chetga chiqmasligi shart.
Havolalar matnda raqamli ketma-ketlikda, birinchi eslatib o‘tilgan tartibda beriladi va kvadrat qavs ichida ko‘rsatiladi:
[1], [2–5], [3; 7; 12].
Adabiyotlar ro‘yxati alifbo tartibida emas, balki matnda uchrash tartibida raqamlanadi.
Mualliflardan quyidagi talablarga rioya qilish so‘raladi:
-
barcha foydalanilgan manbalar aniq va to‘liq bibliografik tavsifga ega bo‘lishi;
-
jurnal nomlari (kitoblar, konferensiya to‘plamlari) kursiv bilan yozilishi;
-
maqola sarlavhalari kursiv bilan yozilmasligi;
-
DOI identifikatori mavjud bo‘lsa, majburiy tarzda ko‘rsatilishi;
-
imkon qadar Scopus va Web of Science bazalarida indekslangan so‘nggi yillardagi manbalardan foydalanilishi.
Jurnal iqtiboslarni rasmiylashtirishda bibliografik boshqaruv dasturlaridan (Mendeley, EndNote, Zotero va boshqalar) foydalanishni tavsiya etadi. Ushbu dasturlar Vancouver uslubini qo‘llab-quvvatlaydi va havolalarning texnik aniqligini ta’minlaydi.
Noto‘g‘ri, to‘liq bo‘lmagan yoki soxtalashtirilgan iqtiboslar ilmiy etikani buzish holati sifatida baholanadi va maqolani rad etish yoki qayta tahrirga yuborish uchun asos bo‘lishi mumkin.
12. Taqriz va tahrir jarayoni
Maqola 5 bosqichda ko‘rib chiqiladi:
-
Ichki taqriz
-
Tashqi peer-review
-
Ilmiy va adabiy tahrir
-
Korrektura va chop etish
Minimal umumiy muddat: 4 hafta.
13. Ochiq kirish, mualliflik huquqi va litsenziya
Jurnal ochiq kirish (Open Access) tamoyiliga amal qiladi. Mualliflar mualliflik huquqini saqlab qoladi. Maqolalar Creative Commons (CC BY) litsenziyasi asosida tarqatiladi.
14. Apellyatsiya va shikoyatlar
Mualliflar tahririyat qaroridan norozi bo‘lsa, asoslangan yozma apellyatsiya yuborish huquqiga ega. Barcha shikoyatlar COPE tartibiga muvofiq ko‘rib chiqiladi.
15. Yakuniy qoidalar
Mazkur qoidalarga rioya etish maqolaning tez va sifatli ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi. Talablarga mos kelmagan qo‘lyozmalar tahririyat tomonidan ko‘rib chiqilmasligi mumkin.
Aloqa: info@hpmss.uz
