“Human Performance and Movement Science in Sport” jurnalining asosiy maqsadi — sport faoliyati jarayonida inson harakatining biomekanik, fiziologik, neyromexanik va psixomotor mexanizmlarini chuqur ilmiy asosda o‘rganish hamda inson harakat samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi innovatsion tadqiqotlarni xalqaro ilmiy hamjamiyatga taqdim etishdan iborat.

Jurnal fundamental va amaliy tadqiqotlarni integratsiyalashgan yondashuv asosida yoritadi hamda zamonaviy raqamli texnologiyalar yordamida olingan ilmiy natijalarni baholashni maqsad qiladi.