Рецензирование
TAQRIZDAN O‘TKAZISH JARAYONI
TAHRIRIYATGA YUBORILGAN MAQOLALARNI KO‘RIB CHIQISH VA NASHR ETISH TARTIBI
-
Jurnalga maqola yuborish qoidalari, texnik talablar va rasmiy shakllar jurnalning rasmiy veb-saytida joylashtirilgan: https://hpmss.uz.
-
Jurnalga kelib tushgan barcha qo‘lyozmalar tahririyatda ro‘yxatga olingandan so‘ng 2-3 hafta (ayrim hollarda qisqaroq muddatda) davomida ilmiy taqriz jarayonidan o‘tkaziladi.
-
Ilmiy maqolalar uchun taqrizchilar, qoida tariqasida, tahririyatning doimiy a’zolari orasidan tanlanadi. Ayrim hollarda maqola yo‘nalishiga mos ravishda, tegishli soha bo‘yicha ilmiy ishlari bilan tanilgan, malakali mutaxassislar tashqi taqrizchi sifatida jalb etilishi mumkin.
-
Maqolani taqrizga yuborish va taqrizchini belgilash to‘g‘risidagi qaror jurnalning bosh muharriri yoki uning o‘rinbosari tomonidan qabul qilinadi.
-
Taqriz jarayonida xolislikni ta’minlash maqsadida maqola qo‘lyozmasi mualliflarning familiyalari va ish joylari ko‘rsatilmagan holda (double-blind review) taqrizchilarga maxsus xat bilan birga yuboriladi.
-
Taqriz natijasi salbiy bo‘lgan taqdirda, mualliflarga 10 (o‘n) kun muddat ichida asoslantirilgan rad javobi yuboriladi. Etik tamoyillarga muvofiq, ushbu holatda taqrizchi shaxsi oshkor etilmaydi.
-
Agar maqolaga o‘zgartirishlar yoki qo‘shimchalar kiritish talab etilsa, mualliflarga tegishli tavsiyalar bilan rasmiy xat yuboriladi. O‘zgartirish kiritish muddati 1-2 hafta, maksimal 1 oy etib belgilanadi. O‘zgartirilgan maqola belgilangan muddatda qayta taqrizdan o‘tkazish uchun taqrizchiga yuboriladi.
-
Agar mualliflar maqolaga o‘zgartirish kiritishdan yoki maqolani chop ettirishdan bosh tortsa, bu haqda tahririyatni yozma ravishda xabardor qilishi lozim. Belgilangan 2 oy muddat ichida o‘zgartirilgan maqola taqdim etilmagan taqdirda, maqola nashr rejasidan chiqariladi va mualliflarga maqolaning ro‘yxatdan chiqarilgani haqida rasmiy xat yuboriladi. Tahririyatga yuborilgan qo‘lyozmalar qaytarilmaydi.
-
Mualliflar taqrizchi xulosasi bilan rozi bo‘lmagan taqdirda, ularning yozma iltimosiga binoan maqola boshqa taqrizchiga yoki taqrizchilar guruhiga qayta ekspertiza uchun yuborilishi mumkin. Ushbu holatda olingan barcha ekspert xulosalari tahririyat majlisida muhokama qilinadi va yakuniy qaror majlis o‘tkazilgan kundan boshlab 10 (o‘n) ish kuni ichida mualliflarga yetkaziladi.
-
Qayta taqrizlash jarayonidan o‘tmagan maqola bo‘yicha mualliflarga qo‘shimcha muddat (2 oygacha) berilishi mumkin. Ushbu muddat yakunida maqola yana ekspertizaga yuboriladi. Agar uchinchi marotaba taqriz xulosasi ijobiy bo‘lmasa, maqola qayta ko‘rib chiqilmaydi va mualliflarga 10 (o‘n) kun muddat ichida maqola chop etilmasligi haqida rasmiy xat yuboriladi.
-
Ijobiy taqriz olgan va tahririyat majlisida tasdiqlangan maqolalar jurnalning navbatdagi sonlarida 1-2 oy muddat ichida chop etiladi. Maqola chop etilgach, mualliflarga bu haqda tahririyat tomonidan rasmiy xabar yuboriladi.
Hurmat bilan, Bosh muharrir
Tajibayev Soyib Samijonovich
