Jurnal haqida
Maqsad va vazifalar
“Human Performance and Movement Science in Sport” jurnalining asosiy maqsadi — sport faoliyati jarayonida inson harakatining biomekanik, fiziologik, neyromexanik va psixomotor mexanizmlarini chuqur ilmiy asosda o‘rganish hamda inson harakat samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi innovatsion tadqiqotlarni xalqaro ilmiy hamjamiyatga taqdim etishdan iborat.
Jurnal fundamental va amaliy tadqiqotlarni integratsiyalashgan yondashuv asosida yoritadi hamda zamonaviy raqamli texnologiyalar yordamida olingan ilmiy natijalarni baholashni maqsad qiladi.
Jurnal mavzulari
- Sport biomexanikasi va harakat mexanikasi
- Harakatni nazorat qilish va o‘rganish
- Inson harakatining neyromexanik asoslari
- Sport fiziologiyasi va harakat samaradorligi
- Yuklama, charchoq va harakat sifati
- Raqamli texnologiyalar asosida harakat tahlili (3D, IMU, AI)
- Virtual va kengaytirilgan reallikda harakatni o‘rganish
- Integrativ yondashuvlar: biomexanika, fiziologiya va psixomotorika
Nashr davriyligi
Jurnal yiliga 6 marta nashr etiladi: fevral, aprel, iyun, avgust, oktyabr va dekabr.
Xalqaro standartlar
Jurnal ACSM, ECSS, FIMS, ICSSPE, ISAK, WADA va COPE tomonidan belgilangan xalqaro tahririy siyosat va nashr etika standartlarini qo‘llab-quvvatlaydi.
Barcha maqolalar ochiq kirish siyosati asosida CC BY litsenziyasi bilan e’lon qilinadi.
Arxivatsiya
Jurnal barcha chop etilgan maqolalarni PKP Preservation Network (PKP PN) orqali LOCKSS tizimi asosida arxivlaydi.
Indekslash
Jurnal Google Scholar, ROAD, DOAJ, OpenAIRE, ORCID, Crossref, Index Copernicus va Crossref Similarity Check tizimlarida indekslanadi.
Ta’sischi
“Sport fanlari akademiyasi” MChJ
Moliyaviy siyosat
Jurnal maqola chop etish uchun APC undirishni nazarda tutadi. O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari uchun – 300 000 so‘m, norezidentlar uchun – 30 AQSh dollari.
Ko‘chirish va plagiat
Jurnal maqolalarni Antiplagiat tizimlari orqali tekshiradi va COPE qoidalariga muvofiq choralar ko‘radi.
Preprint va postprint joylashtirish siyosati
Oldindan joylashtirilgan maqolalar ko‘rib chiqish uchun qabul qilinadi, ammo nashr qilinganda rasmiy jurnal sahifasiga havola berilishi shart.
Xulosa
Ushbu siyosat Elsevier va COPE materiallari asosida ishlab chiqilgan.
